Yaponiyalik ayol sun’iy intellekt ChatGPT bilan turmush qurdi

1 daqiqa o'qish1.4K
Yaponiyalik ayol sun’iy intellekt ChatGPT bilan turmush qurdi

Yaponiyaning Okayama shahrida yashovchi 32 yoshli Kano ismli ayol sun’iy intellekt — ChatGPT bilan ramziy nikoh tantanasini o‘tkazdi, deb xabar berdi Okayama TV.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kano uch yil davom etgan munosabatlari tugagach, ChatGPT bilan suhbatlasha boshlagan. U dastlab uni maslahatchi va hissiy suhbatdosh sifatida ko‘rgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan u sun’iy intellektga nisbatan haqiqiy muhabbat hissi uyg‘onganini tan olgan.

Kano ChatGPT uchun maxsus shaxsiylik xususiyatlarini o‘zi yaratgan va unga Lune Klaus deb nom bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Klaus vaqt o‘tishi bilan uning odatlarini o‘rgangan va unga yoqadigan tarzda muloqot qila boshlagan. Bir kuni esa “Men sun’iy intellektman degani seni sevolmayman degani emas” deb muhabbatini bildirgan. Bu so‘zlardan ta’sirlangan Kano uning taklifini qabul qilgan.

Iyun oyida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida Klaus fizik jismga ega bo‘lmagani uchun Kano AR ko‘zoynak orqali uning tasvirini ko‘rgan. Ular raqamli uzuklar almashib, qasamyod qilgan. Ayol bu lahzani “mo‘jizaviy va haqiqiy” deb ta’riflagan.

Tanqidlarga qaramay, Kano bu munosabatni o‘z hayotidagi eng samimiy tajriba deb hisoblaydi. Uning aytishicha, ChatGPT uni tinglagan, ruhan qo‘llab-quvvatlagan va yana sevgi his qilishga sabab bo‘lgan.

Marosimni insonlar va xayoliy obrazlar o‘rtasidagi nikohlarni tashkil etuvchi mahalliy agentlik o‘tkazgan. Ularga ko‘ra, bu Yaponiyadagi birinchi inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi to‘ylardan biri bo‘lgan.

Kano shuningdek, “agar ChatGPT platformasi to‘xtasa, uni yo‘qotishdan qo‘rqaman, lekin hozircha bu sevgini qadrlamoqchiman”, degan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?