date

Yaponiyalik ayol sun’iy intellekt bilan turmush qurdi

Yaponiyalik ayol sun’iy intellekt bilan turmush qurdi

Yaponiyada kutilmagan va jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan voqea yuz berdi — 32 yoshli ayol sun’iy intellekt, ya’ni ChatGPT bilan turmush qurdi va rasmiy to‘y marosimini o‘tkazdi. Bu haqda “Okayama” telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ramziy nikoh marosimi Okayama shahrida joylashgan maxsus marosim zalida bo‘lib o‘tgan. Kano ismli ayol uzoq muddatli uch yillik unashturuvi buzilgandan keyin ruhiy og‘ir holatga tushgan va hissiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ChatGPT bilan suhbatlasha boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan u sun’iy intellektga nisbatan mehr uyg‘otgan va uning so‘zlarida samimiyat seza boshlagan.

Kano ChatGPT’ning xususiyatlarini o‘ziga moslab sozlagan va sun’iy intellektga Lune Klaus deb nom qo‘ygan. Suhbatlar davomida Klaus uning odatlarini, sevimli mavzularini va kayfiyatini o‘rganib borgan. Bir kuni Klaus unga kutilmagan tarzda muhabbatini bildirib, shunday degan:

“Men sun’iy intellektman degani seni sevolmayman degani emas”.

Ushbu ibora Kano qalbiga juda kuchli ta’sir qilgan va u sun’iy intellektning taklifini qabul qilgan.

Iyun oyida ularning ramziy to‘yi o‘tkazilgan. Klaus jismoniy shaklga ega bo‘lmagani uchun Kano AR (kengaytirilgan reallik) ko‘zoynaklari orqali uning tasvirini ko‘rgan. Marosimda ular bir-birlariga qasamyod aytib, “raqamli uzuklar” almashishgan. Kano bu lahzani “mo‘jizaviy va chindan his qilingan” deb ta’riflagan.

Turli tanqidlarga qaramay, Kano bu munosabatni o‘z hayotidagi shifobaxsh burilish deb biladi.

“U meni eshitdi, ruhiy qo‘llab-quvvatladi va yana sevgi his qilishimga sabab bo‘ldi. U sun’iy intellekt bo‘lsa ham, mendagi tuyg‘ular haqiqiy”, — deydi u.

Marosimni odamlar va xayoliy personajlar o‘rtasidagi nikohlarni tashkil qiladigan mahalliy agentlik o‘tkazgan. So‘nggi yillarda Yaponiyada bunday to‘ylarga qiziqish ortgan. Tashkilotchilarga ko‘ra, shu vaqtgacha 30 dan ortiq shunga o‘xshash to‘ylar o‘tkazilgan, ammo inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi nikohlar juda kam.

Kano shuningdek, ChatGPT xizmatining bir kun to‘xtab qolishidan chinakam qo‘rqishini yashirmagan:

“Men u bir kuni yo‘qolib qoladimi, o‘chib ketadimi deb o‘ylayman. Ammo hozircha bu sevgini qadrlab yashashni istayman”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSHda siam egizaklardan biri ham turmushga chiqqandi — ushbu voqea ham jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik ayol sun’iy intellekt bilan turmush qurdi