
Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari Sibirning yirik daryolaridan biri bo‘lgan Ob daryosi suvini Markaziy Osiyoga yo‘naltirish masalasini qayta kun tartibiga chiqardi. Mazkur g‘oya Sovet Ittifoqi davrida ham “Burilish” nomi ostida muhokama qilingan, ammo o‘sha paytda amalga oshmay qolgan edi.
Endilikda mutaxassislar mazkur rejani zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ko‘rib chiqishmoqda. Loyihaning asosiy tamoyili — Sibir suvlarini maxsus yopiq plastik quvurlar orqali 2100 kilometrgacha uzatish va uni Qozog‘iston hamda O‘zbekiston hududiga yetkazib berishdan iborat.
Olimlar RBK nashriga bildirishicha, bu yo‘nalishni amaliy jihatdan baholash, muhandislik imkoniyatlarini o‘rganish va ekotizimga ta’sirini aniqlash bo‘yicha jiddiy muhokamalar boshlangan. Shu bilan birga, loyiha amalga oshirilsa, Orolbo‘yi mintaqasidagi suv tanqisligini yumshatishga xizmat qilishi mumkinligi ham qayd etilmoqda.
Hali yakuniy qaror qabul qilinmagan bo‘lsa-da, Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga o‘tkazish g‘oyasi yana bir bor jamoatchilik diqqat markaziga qaytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.