Braziliyaning markazidagi Goyas shtatidagi turmalardan biridan 14 mahbus qochib ketdi. Bu haqda Globo telekanaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, mahbuslardan biri qo‘qqisdan qo‘riqchiga hujum qilib, undan qurolini tortib olgan. So‘ngra boshqa bir qo‘riqchini turma eshigini ochishga majbur qilgan. Qochoqlardan birortasi hali ushlanmagan.
Braziliyada 2017 yil boshi turmalardagi bir qator isyonlar bilan boshlandi. Braziliya
tarixidagi bunday isyonlardan eng yirigi Manaus shahrida 1 yanvarda yuz berdi. O‘shanda ikki raqib guruhning o‘zaro ixtilofi sababli boshlangan tartibsizliklarda 50 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.
Shundan keyin Braziliya hukumati axloq-tuzatish muassasalarini isloh qilish dasturini qabul qilgan. Braziliyada aksariyat turmalar me’yoridan to‘lib-toshgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi