Avstraliyada burqa bilan parlamentga kirgan senator qat’iy jazolandi

1 daqiqa o'qish211
Avstraliyada burqa bilan parlamentga kirgan senator qat’iy jazolandi

Avstraliya Senati o‘ta o‘ngchi senator Polin Xansonni parlamentga burqa kiyib kirgani uchun bir haftalik jazoga tortib, mandatini vaqtincha chekladi. Reuters yozishicha, Xanson burqani “hurmatsiz va nomunosib” tarzda taqqan, bu esa parlament a’zolari tomonidan qattiq tanqid qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, senator 24 noyabr kuni jamoat joylarida burqa va yuzni to‘suvchi boshqa kiyimlarni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokamaga qo‘yishga ruxsat ololmaganidan so‘ng, norozilik sifatida yuqori palataga burqa kiyib kirgan. Musulmon qonun chiqaruvchilar uning bu harakatini “irqchilik va haqorat” deb atadi.

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong senatorning bu amalini keskin qoralab, uni “ijtimoiy birdamlikka zarba, e’tiqodni masxara qilish” deb baholadi.

Polin Xanson ilgari ham islomiy kiyimlarga qarshi chiqishlari bilan tanilgan va 2017 yili ham parlamentga burqa kiyib kirib, mamlakat bo‘ylab burqani to‘liq taqiqlashni talab qilgan edi.

Xanson esa o‘z pozitsiyasidan chekinmasligini bildirib, parlamentda kiyim cheklovi yo‘qligini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?