date

Qozog‘istonda yangi port qurilish loyixalari boshlandi

Qozog‘istonda yangi port qurilish loyixalari boshlandi

Qozog‘istonning Aktau shahrida yangi port qurish bo‘yicha yirik loyiha start olmoqda. Xitoyning Zhongyong International Group kompaniyasi strategik hamkor sifatida tanlangani “Kazakhstan Today” orqali ma’lum qilindi.

Investitsiya qiymati 300 million dollarga baholanmoqda. Kompaniya mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan va hozir investitsiya shartnomasini imzolash uchun zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.

Viloyat hokimi Nurdaulet Kilibayga ko‘ra, yangi port Xitoy – Qozog‘iston – Aktau – Bok-u – Poti – Yevropa yo‘nalishi bo‘ylab muhim xalqaro transport yo‘lagini shakllantiradi. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng yuk yetkazib berish muddati 7–15 kunga qisqaradi, transport xarajatlari 18–25 foizga kamayadi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bosh vazir Oljas Bektenov konteyner markazi qurilishi jarayonini qat’iy nazorat qilishni topshirdi. Transport vazirligi 2026-yilning birinchi choragi oxiriga qadar amaliy hisobot taqdim etadi.

Bektenovning ta’kidlashicha, hududiy ma’muriyatlar yer uchastkalari, kommunal tarmoqlar va avtomobil hamda temiryo‘l infratuzilmasiga kirishni to‘liq ta’minlashi zarur.

Ma’lumki, Kaspiy dengizidagi eng yirik konteyner markazi shu yil yozida Aktauda ishga tushirilgan edi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Transkaspiy yo‘nalishlarining ulkan salohiyatiga alohida urg‘u bergan va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma kengash tuzishni taklif etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda yangi port qurilish loyixalari boshlandi