date

Italiyada onasi qiyofasiga kirib pensiya olgan erkak ushlandi

Italiyada onasi qiyofasiga kirib pensiya olgan erkak ushlandi

Italiyada 57 yoshli erkak uch yil davomida vafot etgan onasining pensiyasini noqonuniy ravishda olib kelgani oshkor qilindi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, u marhuma onasi — 2022-yilda 82 yoshida vafot etgan Graziella Dall’Oglio — qiyofasiga kirib, yangi pasport rasmiylashtirish uchun idoraga kelishga uringan.

Erkak ayolning kiyimlarini kiyib, bo‘yanish va parik yordamida uning qiyofasini maksimal darajada takrorlagan. Biroq hujjat rasmiylashtiruvchi xodim uning holati, yurish-turishi va ovozidan shubha qilib, politsiyaga murojaat qilgan.

Kuzatuv kameralarida “marhuma” mashina haydab kelgani aniqlangan — ayolda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan. Politsiya erkakni darhol qo‘lga olgan.

Tekshiruv chog‘ida huquq-tartibot xodimlari ayol yashagan xonadondan yana bir dahshatli ochiqlanishni topdi: marhumaning mumiyolangan jasadi kir yuvish xonasidagi shkafdan maxsus qoplarga o‘ralgan holda olingan. Tergovda erkak jasadni chirishdan saqlash uchun maxsus usullar qo‘llaganini ham aytmoqda.

U jasadni yashirish, davlatni aldash, boshqa shaxs qiyofasiga kirish va soxta hujjatlar tayyorlashda ayblanmoqda. Marhumaning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Italiya politsiyasi ta’kidlashicha, mamlakatda marhumlar nomidan pensiya olishga urinish holatlari kam emas — reestrlar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi kechikishi ayrim firibgarlarga imkoniyat yaratib qo‘yadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada onasi qiyofasiga kirib pensiya olgan erkak ushlandi