date

Tailandda maymun insonni tishlab o‘ldirdi

Tailandda maymun insonni tishlab o‘ldirdi

Tailandning Yala provinsiyasining bir qishlog‘ida, yovvoyi makaka maymuni 63 yoshli pensionerni uyiga kirib, og‘ir jarohatlar yetkazib, halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda The Independent ma’lumot tarqatdi.

Hududiy OAVning xabar berishicha, marhum Chaipxum Sae-eungning jasadi o‘zi yashagan uyda, devorga suyanilgan holda topilgan. Tanada maymunning tish va tirnash jarohatlari mavjud edi. Tafsilotlarga ko‘ra, hujum qilgan maymun bir necha hafta davomida mahalliy aholiga hamda Sae-eungga doimiy ravishda hujumlar uyushtirib kelgan. Juda qisqa vaqt avval, maymun Sae-eungni yelkasidan tishlab, salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi.

Qishloq aholisi hayvon shu hududdagi urg‘ochi maymunni ta’qib qilib,

tajovuzkorona harakatlar qilgan. Uning xatti-harakati sabab hatto bir oila uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganini aytib o‘tdi.

Marhumning jasadini jiyani Pipat Sae-eung topgan. U amakisini devorga suyanib qolgan holda, atrofda qon va qo‘lida hujumdan himoyalanishda foydalangan metal tayoqni ushlagan holda ko‘rgan. Uning ta’kidlashicha, maymun erkakni boshqa joylaridan ham bir necha marta tishlagan, tirnagan va so‘ngra qurbonning oyog‘ining bir qismini uzib olgan.

Politsiya hodisa joyiga kelib, tekshirishni boshladi. Maymun hodisa joyida uy tomiga ko‘tarilgan holda ko‘rilgan. Mayor Jakkarin Laksana hodisa bo‘yicha ma’lumot berishda, tahdidning oldini olish maqsadida maymunni otib o‘ldirish buyurug‘i berilganini xabar qilgan.

"Taxminimizcha, marhumning jasadi shishib ketgan va hid taratayotgani ma’lum bo‘ldi . Bu asosda, uning o‘limi 2-3 kun oldin sodir bo‘lgan deb taxmin qilinadi.Uning jasadini o‘lim sababini aniqlash uchun Betong kasalxonasiga yubordik. Agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, odamning hujumlari yoki aralashuvi bo‘lmagan", deb ma’lum qilgan Laksana.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda maymun insonni tishlab o‘ldirdi