date

Sidneydagi Xanuka bayramida yahudiylar o‘qqa tutildi

Sidneydagi Xanuka bayramida yahudiylar o‘qqa tutildi

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan mashhur Bondi plyajida bugun, 14 dekabr kuni dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Ikki nafar noma’lum qurollangan shaxs odamlarga qarata o‘t ochib, Xanuka bayramini nishonlayotgan mahalliy yahudiy jamoasiga hujum qildi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lumot berdi.

Mahalliy ABC telekanali yozishicha, yahudiy jamoasiga qaratilgan bu ehtimoliy terroristik hujum oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 18 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda politsiya xodimlari plyaj yoqasida topilgan qo‘lbola portlovchi qurilmani zararsizlantirish bilan band.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, hujum qilgan ikki shaxs qora rangli kiyimda bo‘lib, kichik piyodalar ko‘prigi ustida turgan holda ommaga qarata o‘t ochgan. Internetda aynan shu hujumchilarni aks ettiruvchi videolar ham tarqalgan.

Politsiya rasmiylari ma’lum qilishicha, hodisada ikki gumondor ishtirok etgan — ulardan biri o‘qi o‘tib halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Hukuk-tartibot organlari hujumda uchinchi shaxs ishtirok etgan-etmaganini aniqlash uchun tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Hozircha hujumning aniq sabablari va maqsadi ma’lum emas, ammo Sidney politsiyasi hududda xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Bu voqea nafaqat Avstraliya, balki butun dunyodagi yahudiy jamoalari orasida jiddiy tashvish uyg‘otgani shubhasiz.

Tahlikali vaziyat yuzaga kelganiga qaramay, hokimiyat va huquq-tartibot idoralari barcha fuqarolarni xotirjamlikka va rasmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sidneydagi Xanuka bayramida yahudiylar o‘qqa tutildi