
Filippin davlatining janubiy qismlarida ro‘y bergan er silkinishi oqibatida kamida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 90 kishi yaralangan. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 6,7 ballni tashkil etgan, deb xabar qilmoqda Kun nashri.
Avvalroq, Channel NewsAsia telekanali tabiiy ofat oqibatida 3 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Er silkinishi, shuningdek, elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lgan. Hozirda, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar