“Imom AI” ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

1 daqiqa o'qish2.4K
“Imom AI” ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

Qozog‘istonda diniy-ma’rifiy sohada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi tashabbus muhokamaga chiqdi. Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi diniy savollarga javob berishga mo‘ljallangan “Imom AI” nomli mobil ilovani ishlab chiqish va joriy etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Orda.kz nashriga ko‘ra, Qozog‘iston Oliy muftiysi Nauryzbay hoji Taganuli mazkur ilova 2026 yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilayotganini aytgan. Ta’kidlanishicha, “Imom AI” ishonchli diniy manbalarga tayanib, foydalanuvchilar murojaatlariga tezkor va aniq javob berish imkonini yaratishi kutilmoqda.

Bayonotda keltirilishicha, zamonaviy sharoitda diniy sohada ham raqamli yechimlarni yo‘lga qo‘yish muhim. Loyiha fuqarolarga diniy masalalar bo‘yicha qulay va ishonchli ma’lumot olishni osonlashtirishi, shu bilan birga imomlar va ruhoniylar zimmasidagi kundalik yuklamani ham yengillashtirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Yangi yil munosabati bilan qilgan murojaatida 2026 yilni raqamlashtirish va sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish yili deb e’lon qilgan edi. Prezident fikricha, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish mamlakat salohiyatini turli yo‘nalishlarda oshirishga xizmat qiladi.

Qayd etish joiz, avvalroq O‘zbekiston Musulmonlar idorasi sun’iy intellektdan diniy savol so‘rash masalasiga nisbatan o‘z pozitsiyasini bildirgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?