date

Rossiyada tomlardan qor va muzlar tushishi natijasida 9 kishi halok bo'ldi

Rossiyada tomlardan qor va muzlar tushishi natijasida 9 kishi halok bo'ldi

Rossiyada bir hafta ichida tomlardan qor va muz tushishi bilan bog‘liq hodisalar oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta 32 ta hududda xavfli va noqulay ob-havo hodisalari fonida vaziyat murakkablashgan. 25 ta hududda tomlardan qor va muz tushishi bilan bog‘liq 60 dan ortiq holat qayd etilgan, 24 kishi jarohat olgan, ulardan 9 nafari vafot etgan.

Mutaxassislar bunday kunlarda binolar tomi va ayvonlari atrofida yurishda maksimal ehtiyot bo‘lishni, muz osilib turgan joylardan yiroqroq o‘tishni tavsiya qiladi. Hozircha hodisalarning alohida tafsilotlari ochiqlanmagan, ammo vazirlik hududlarda tomlarni o‘z vaqtida tozalash va xavfli zonalarni belgilash zarurligini yana bir bor eslatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada tomlardan qor va muzlar tushishi natijasida 9 kishi halok bo'ldi