Vogue jurnali 2026 yilning eng zamonaviy itini tanladi

Amerikaning mashhur Vogue jurnali 2026 yilgi eng zamonaviy itni tanladi. Bu yilgi Dogue tanlovida italiyalik levretka zotiga mansub Sir Spud laqabli it g‘olib deb topildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tanlov uchun it egalari tomonidan minglab suratlar yuborilgan. Hakamlar ishlarni bir nechta mezon asosida baholagan: suratning o‘ziga xosligi, unda itning xarakteri qanchalik yaxshi aks etgani hamda tasvirning moda jurnali konsepsiyasiga mosligi inobatga olingan.
Sir Spud esa kamera qarshisida o‘zini erkin tutishi va o‘ziga xos ta’sirchan nigohi bilan hakamlar e’tiborini qozongan.
G‘oliblikdan so‘ng Sir Spud moda olamida hayvonlarga bag‘ishlangan Dogue jurnalining muqovasidan joy oladi. Shu tariqa u nafaqat tanlov g‘olibi, balki moda sahnasining yangi “yulduzi”ga ham aylanadi.






























Izohlar 0
…