14:48 / 11.03.2017
5 787

Malayziya hukumati Kim Chen Nam jasadini nima qilishni bilmayapti

Malayziya hukumati Kim Chen Nam jasadini nima qilishni bilmayapti

Malayziya hukumati Kim Chen Nam jasadiga nisbatan qanday chora ko‘rish borasida yakuniy xulosaga kelgani yo‘q. U Kuala-Lumpur aeroportida 13 fevral kuni zaharlab o‘ldirilgandi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "polisiya 10 mart kuni sud-tibbiy ekspertizani yakunlagan va marhumning jasadini Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga yuborgan". Qonunchilikka ko‘ra, "jasadni berishga doir cheklovlar mavjud emas". Biroq, amalda marhum jasadi uning yaqinlariga beriladi. "Shunga ko‘ra, qaror qabul qilish uchun vaqt kerak", - deb qo‘shimcha qilgan vair o‘rinbosari.

Malayziya polisiyasi rahbari Xolid Abu Bakr Kuala-Lumpur aeroportida halok bo‘lgan shaxs KXDR rahbari Kim Chen Inning o‘gay akasi ekanini aytgan edi. Ekspertizaga natijasiga binoan VX nomli asab faoliyatini buzuvchi modda ta’siri tufayli o‘lim yuz bergan. Rasmiy Pxenyan Malayziyada vafot etgan kishi KXDRning Kim Chxol ismli fuqarosi ekanini ta’kidlashda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziya hukumati Kim Chen Nam jasadini nima qilishni bilmayapti