Panchning o‘yinchog‘i internetni portlatdi, IKEA o‘yinchog‘iga talab keskin oshib ketdi

1 daqiqa o'qish3.1K
Panchning o‘yinchog‘i internetni portlatdi, IKEA o‘yinchog‘iga talab keskin oshib ketdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 7 oylik makaka Panch quchoqlab yuradigan orangutan ko‘rinishidagi IKEA yumshoq o‘yinchog‘iga talab uning videolari tarqalgach keskin oshib, o‘yinchoq ko‘plab hududlarda sotib tugagan.
  • Taxminan 20 dollar turadigan o‘yinchoq ayrim internet do‘konlarida 90 dollardan 350 dollargacha qayta sotilgan.
  • 2025 yil iyul oyida tug‘ilgan Panchni onasi tashlab ketgach, hayvonot bog‘i xodimlari unga o‘yinchoqni “ona” o‘rnida bergan.

Yaponiyaning Ichikava shahridagi hayvonot bog‘ida kecha-kunduz mehr izlab yuradigan bir kichkina makaka bor — 7 oylik Panch. Uning oddiy, lekin juda ta’sirli hayoti haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda portlab tarqalgandan keyin, butun bir bozor “qizib” ketdi: Panchga “surrogat ona” o‘rnida berilgan orangutan ko‘rinishidagi yumshoq o‘yinchoq bir zumda mashhurga aylandi.

“The Washington Post” xabariga ko‘ra, videolar ommalashgach, IKEA do‘konlarida taxminan 20 dollar turadigan orangutan yumshoq o‘yinchog‘i tez orada sotib tugatilgan. Talab shunchalik keskin oshganki, qisqa vaqt ichida ko‘plab hududlarda bu o‘yinchoqni topish qiyinlashib qolgan.

Eng qizig‘i — ba’zi xaridorlar o‘yinchoqni IKEAdan olib, internet do‘konlarida 90 dollardan 350 dollargacha narxda qayta sotib, “qaymog‘ini olish”ga ham ulgurgan. Qisqasi, Panch bir o‘yinchoqni “defitsit tovar”ga aylantirib qo‘ydi.

Panchning qisqacha qissasi

Ma’lumot uchun, Panch 2025 yil iyul oyida tug‘ilgan. Ammo dunyoga kelganidan keyin onasi uni tashlab ketgan. Hayvonot bog‘i xodimlari maymunchani mehrdan quruq qoldirmaslik uchun unga orangutan shaklidagi yumshoq o‘yinchoqni “ona” o‘rnida bergan. Panch esa shu o‘yinchoqni quchoqlab, o‘zini xotirjam sezadigan bo‘lgan.

Guruhga qo‘shildi, lekin qabul qilishmadi

Xodimlar 19 yanvar kuni Panchni boshqa maymunlar guruhiga qo‘shib ko‘rishgan. Biroq guruh a’zolari uni yaqin ham qo‘ymagani aytilmoqda. Shu holat Panchga ham, uni kuzatayotganlarga ham qattiq ta’sir qilgan: u hali-hanuz o‘sha yumshoq o‘yinchoqdan voz kechmagan.

Ijtimoiy tarmoqlar “portladi”

Panch hayvonot bog‘iga keluvchilarning ham alohida e’tiborini tortgan. Videolar keng tarqalgandan keyin, 13 fevralgacha “Panch” xeshtegi ostida joylashtirilgan postlar soni 37 mingtaга yetgani qayd etilgan. Uning hikoyasi odamlarni ham ta’sirlantirib, hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni oshishiga ham turtki bergan.

Shunaqa: ba’zan bir kichkina jonzotning quchog‘idagi o‘yinchoq ham butun dunyoning kayfiyatini o‘zgartirib yuborar ekan. Panch esa hali ham shu “mehr ramzi”ni qo‘yib yuborishga tayyor emas — chunki unga bu shunchaki o‘yinchoq emas, tinchlik.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?