Zarbalar oqibatida halok bo‘lgan Xominaiyning 14 oylik nabirasi (foto)

Reuters agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Eron Oliy rahbari — Oyatulloh Ali Xominaiyning qizi, nabirasi, kuyovi hamda kelini AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan.
Manbada qayd etilishicha, ushbu fojea Eron hududida navbatdagi havo zarbalari vaqtida sodir bo‘lgan. Biroq rasmiy Tehron hozircha mazkur ma’lumot yuzasidan batafsil va rasmiy izoh bermagan.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, qurbonlar orasida Oyatulloh Ali Xominaiyning bor-yo‘g‘i 14 oylik nabirasi ham bo‘lgan. Aytilishicha, qizaloqning jasadi vayronalar orasidan topilgan.

Hozircha ushbu ma’lumotlar rasmiy darajada to‘liq tasdiqlanmagani ham qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing