
Yaman poytaxti Sana shahridagi «Ansar Alloh» shia harakati tarkibiga kiruvchi isyonchi husiylar sudi mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyni o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Hodiy Saudiya Arabistoniga «yon bosish va ko‘mak berish»da aybdor deb topilgan. Husiylar Saudiyani agressor davlat deb hisoblashadi.
Davlat rahbaridan tashqari, Yaman hukumatining 6 nafar yuqori lavozimli mulozimi ham shunday jazoga loyiq ko‘rilgan. Ular orasida sobiq TIV rahbari va Yamanning AQShdagi elchisi ham bor.
Davlat arboblariga hukm sirtdan o‘qilgan, deb xabar qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar