16 million dollarlik urinish (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda Eron tomonidan uchirilgan raketa va uni to‘sib qolishga qilingan bir necha urinishlar aks etgani aytilmoqda. Kadrlarda Patriot missile system orqali raketaga qarshi to‘rtta raketa uchirilgani ko‘riladi.
Ma’lum qilinishicha, har bir raketa taxminan 4 million dollarga baholanadi. Shu tariqa, hujumni to‘sish uchun jami 16 million dollarlik raketa ishlatilgan. Biroq videoda bu urinishlar samara bermagani va Eron raketaci havo mudofaasidan o‘tib ketib, belgilangan nishonga yetgani aytilmoqda.
Bu holat esa harbiy xarajatlar va qurol-yarog‘ samaradorligi haqida yangi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim kuzatuvchilar fikricha, qimmatbaho mudofaa tizimlariga sarflanayotgan katta mablag‘lar arzonroq, biroq ta’sirchan qurollarga qarshi kutilgan natijani bermayotgani haqida savollar tug‘ilmoqda.
Ta’kidlanishicha, urush boshlanganidan buyon AQSH qurollariga sarflanayotgan katta mablag‘lar va ularning nisbatan arzon, biroq samarali Eron qurollariga qarshi kutilgan darajada ishlamayotgani ayrim siyosatchilar hamda AQSH jamoatchiligi orasida norozilik kayfiyatini kuchaytirgan.