date

AQSH va Isroil rahbarlari Eron masalasida kelisha olmadi

AQSH va Isroil rahbarlari Eron masalasida kelisha olmadi

AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasidagi telefon muloqoti keskin ruhda kechgani ma’lum qilinmoqda.

Manbalarga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar Eron bilan bog‘liq mojaroni qanday hal etish masalasida o‘zaro kelisha olmagan. Ikki davlat vakillarining yondashuvlari bir-biriga zid ekani qayd etilmoqda.

Xabarlarga qaraganda, Jey Di Vens vaziyatni diplomatik muzokaralar orqali bartaraf etish tarafdori ekanini bildirgan. Uning fikricha, siyosiy yo‘l bilan muammoni hal qilish mumkin.

Binyamin Netanyaxu esa mutlaqo boshqa pozitsiyani ilgari surgan. U Erondagi amaldagi rejimni to‘liq bartaraf etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.

Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, bu kabi qarama-qarshi qarashlar AQSH va Isroil o‘rtasidagi strategik masalalarda ham ma’lum darajada kelishmovchiliklar yuzaga kelayotganini ko‘rsatishi mumkin. Bu esa Yaqin Sharqdagi vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Isroil rahbarlari Eron masalasida kelisha olmadi