Avstraliya va AQSh olimlari tirannozavr turiga kiruvchi yangi dinozavrni aniqladi. U Daspletosaurus horneri deb ataladi. Bu haqda «Korrespondent.net» nashriga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Paleontologlar dinozavr qoldiqlarini AQShning Montana shtati hududida topgan. Skeletlarga ko‘ra, hayvonning balandligi 2,2 metrni, uzunligi esa 9 metrni tashkil qilgan.
Boshining old qismida tekis tangachalardan iborat yuqori sezgirlikka ega himoya qatlami joylashgan. Olimlarning taxmin qilishicha, aynan shu qatlam dinozavrga o‘z o‘ljasining qayerdaligini aniqlashga imkon bergan.
Dinozavrning boshi hozirgi timsohlarning boshiga o‘xshab ketadi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yangi tur 66—100 million yil avval Shimoliy Amerikada yashagan yirik yirtqichlar turiga mansub. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda