date

Starmer: Britaniya Eron–Isroil mojarosiga aralashmaydi

Starmer: Britaniya Eron–Isroil mojarosiga aralashmaydi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Yaqin Sharqda keskin tus olayotgan vaziyat yuzasidan mamlakatning rasmiy nuqtayi nazarini ochiq bayon qildi.

Uning ta’kidlashicha, Eron va Isroil o‘rtasida kuchayib borayotgan harbiy to‘qnashuv London uchun ustuvor masala hisoblanmaydi.

“Bu bizning urushimiz emas. Biz ushbu mojaroga jalb etilmaymiz. Bu Britaniyaning milliy manfaatlariga mos kelmaydi”, — dedi Starmer qat’iy ohangda.

Bosh vazirning mazkur bayonoti Londonning ehtimoliy harbiy ishtirok masalasiga oydinlik kiritdi. Shu bilan birga, u Britaniyaning tashqi siyosatda ehtiyotkor va manfaatlarga asoslangan yondashuvni saqlab qolayotganini ko‘rsatdi.

Siyosatshunoslar fikricha, rasmiy London hozircha mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy aralashuvdan o‘zini tiyishga intilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Starmer: Britaniya Eron–Isroil mojarosiga aralashmaydi