date

Avstraliya armiyasiga ilk bor ayol qo‘mondon tayinlandi

Avstraliya armiyasiga ilk bor ayol qo‘mondon tayinlandi

Avstraliya tarixida muhim voqea yuz berdi — general-leytenant Syuzan Koyl mamlakat Mudofaa kuchlari qo‘mondoni etib tayinlandi. Shu tariqa u ushbu lavozimni egallagan ilk ayol sifatida tarixga kirdi. Bu haqida “Al Jazeera” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Koyl ushbu lavozimda iste’foga chiqqan sobiq qo‘mondon Saymon Styuart o‘rnini egalladi. U bungacha zahira qo‘shinlari korpusiga rahbarlik qilib kelgan.

Qariyb 40 yillik harbiy faoliyatga ega bo‘lgan Koyl Afg‘oniston va Yaqin Sharqdagi xalqaro operatsiyalarda muhim rollarni bajargan. U, jumladan, AQSH bilan hamkorlikda o‘tkazilgan harbiy amaliyotlarda ishtirok etgan.

Bosh vazir Entoni Albaneze ushbu tayinlovni tarixiy qadam deb atab, bu qaror armiyada ayollar ulushini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Hozirda Avstraliya Mudofaa kuchlarida yuqori lavozimlarning 18,5 foizini ayollar egallagan. Hukumat 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliya armiyasiga ilk bor ayol qo‘mondon tayinlandi