Ukraina shaharlariga raketa zarbasi: 13 kishi halok bo‘ldi

Rossiya tomonidan Ukrainaning bir qator shaharlariga, jumladan Kiev va Odessaga yirik raketali va dron hujumlari uyushtirildi. Natijada 12 yoshli bola bilan birga jami 13 kishi halok bo‘ldi va ko‘plab fuqarolar jarohatlandi. Turar-joy binolari hamda infratuzilma ob’ektlari jiddiy shikastlangan. Hozirda zarar yetgan hududlarda qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukraina hududlariga yirik raketa va dron hujumlari amalga oshirildi. Kiyev va boshqa yirik shaharlar nishonga olingan zarbalar oqibatida jami 13 nafar kishi halok bo‘ldi.
Xalqaro agentlik Reuters xabar berishicha, qurbonlar orasida 12 yoshli bola ham bor. Eng og‘ir yo‘qotishlar Odessa (7 nafar) va Kiyev (5 nafar) shaharlarida qayd etilgan. Dneprda esa yana ikki kishi halok bo‘lgan.
Vitaliy Klichko ma’lum qilishicha, poytaxtda 45 nafar fuqaro jarohatlangan. Ko‘p qavatli uylar, infratuzilma obyektlari va turar-joy binolari jiddiy shikastlangan.
Shuningdek, Xarkovda dron hujumlari qayd etilib, ikki kishi jarohat olgani xabar qilindi. Hozirda barcha jabrlangan hududlarda qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Mutaxassislar fikricha, hujumlar mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini yanada keskinlashtirishi mumkin.






























Izohlar 0
…