AQSH va Eron oʻrtasida “8 nafar ayol” masalasi boʻyicha ziddiyat kuchaydi

AQSH va Eron oʻrtasida “8 nafar ayol” masalasi boʻyicha ziddiyat kuchaydi
Qisqacha

AQSH va Eron o‘rtasida sakkiz nafar ayolga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosining bekor qilinishi borasidagi ziddiyatli bayonotlar tufayli yangi diplomatik kelishmovchilik yuzaga keldi. Donald Tramp o‘z iltimosiga ko‘ra Eron hukumati ushbu ayollarni qatldan saqlab qolganini ma’lum qilib, buni o‘zaro "hurmat belgisi" sifatida baholadi. Biroq Tehron rasmiylari bu ma’lumotni "asossiz va yolg‘on" deb atab, AQSH prezidentini siyosiy manfaatlar yo‘lida soxta yutuqlar yaratishda ayblamoqda. Eron tomoni Vashington bosimiga hech qanday yon bosilmaganini va bunday qatllar rejalashtirilmaganini qat’iy ta’kidladi.

AQSH va Eron oʻrtasida “8 nafar ayol qatli” masalasiga oid bayonotlar sababli yangi diplomatik ziddiyat yuzaga kelgani haqida xabar qilindi.

AQSH prezidenti Donald Trampning maʼlum qilishicha, Eron rahbariyati uning iltimosiga koʻra 8 nafar namoyishchi ayolga nisbatan chiqarilgan qatl qarorini bekor qilgan.

Trampning aytishicha, ulardan toʻrt nafari zudlik bilan ozod etiladi, qolganlari esa qisqa muddatli qamoq jazosi bilan cheklanadi. U bu qarorni “hurmat belgisi” sifatida baholab, Tehronga minnatdorchilik bildirgan.

Biroq Eron tomoni ushbu maʼlumotni qatʼiy rad etib, uni “asossiz va yolgʻon xabar” deb atagan. “Mizan” agentligi bayonotiga koʻra, mamlakatda bunday qator qatl ishlari rejalashtirilmagan va AQSH bosimiga yon bosish holati yoʻq.

Eron rasmiylari Trampni ichki siyosiy muammolar va mintaqadagi murakkab vaziyatni oqlash uchun “soxta yutuqlar” yaratayotganlikda ayblamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar