date

Bangladeshda ho‘kiz Trampga o‘xshagani sababli qurbonlik qilinmaydigan bo‘ldi

Bangladeshda ho‘kiz Trampga o‘xshagani sababli qurbonlik qilinmaydigan bo‘ldi

Bangladeshda o‘ziga xos soch turmagi sabab “Donald Tramp” deb nom olgan albinos ho‘kiz Qurbon hayitida so‘yilishdan saqlab qolindi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Vazni qariyb 680 kilogramm bo‘lgan jonivorning foto va videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, katta qiziqish uyg‘otdi. Shu sababli Bangladesh hukumati uning hayotini saqlab qolishga qaror qildi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Salohiddin Ahmad ho‘kizni qurbonlik uchun sotib olgan shaxsga mablag‘ini qaytarish hamda jonivorni Dakka shahridagi milliy hayvonot bog‘iga joylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Rasmiylarga ko‘ra, ho‘kiz endilikda hayvonot bog‘ida saqlanadi va tashrif buyuruvchilar uchun namoyish etiladi. Uning g‘ayrioddiy ko‘rinishi esa internet foydalanuvchilari e’tiborini hanuz tortib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshda ho‘kiz Trampga o‘xshagani sababli qurbonlik qilinmaydigan bo‘ldi