Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 18-19 aprel kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi uyushtiradi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi Kun.uz.
"Yuqorilardagi uchrashuv do‘stona Turkmaniston-Qozog‘iston munosabatlari tarixiga muhim bobni kiritishga chorlangan", deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Berdimuxamedov Turkmanistonning Ostonada 10 iyundan 10 sentyabrgacha o‘tadigan "EKSPO-2017" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishi haqidagi qarorni imzolagan.
Qozog‘iston va Turkmaniston prezidentlarining Ostonada o‘tadigan muzokaralari davomida asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratiladi.
Nursulton Nazarboyev fevral oyida Berdimuxamedovni Turkmaniston prezidenti saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklab, uni Qozog‘istonga kelishga taklif qilgandi. Berdimuxamedov taklifni qabul qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi