
Gresiya poytaxti Afinada joylashgan Eurabank bo‘limida bomba portladi. Bu haqda Afina OAV xabar berdi deb yozadi Kun nashri.
Mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da noma’lum shaxs zougla.gr yangiliklar sayti nashriyotiga telefon qilib, Santaroza ko‘chasidagi 7-uyda joylashgan Eurabank ofisida 35 daqiqadan so‘ng portlash bo‘lishi haqida ma’lum qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, hozirda jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Portlash bank ofisi hamda uning atrofidagi binolarga moddiy zarar keltirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar