
Tojikiston korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbarining sobiq o‘rinbosari Davlatbek Xayrzoda respublikadan chiqib ketishga uringanida Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududda qo‘lga olingan. Bu haqda Kun nashri Asia-Plus manbasiga asoslanib xabar berdi.
Xayrzoda 2015 yilning martida agentlik direktoriga o‘rinbosar bo‘lgandi. U shu yilning yanvarida nafaqaga chiqarilgan.
Shu kuni Dushanbe shahrida antikorrupsiya agentligining tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi rahbari Jamoliddin Muhammadzoda qo‘lga olindi. U bu lavozimga o‘tgan yilning dekabrida tayinlangandi.
Ma’lum qilinishicha, shu kunlarda agentlikning sobiq tergovchisi Firdavs Niyozbadalov ham qo‘lga olingan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, jami bo‘lib agentlikning 17 xodimi qo‘lga olingan. Tashkilotning yana bir vakili Umed Kamolov qidiruvga berilgan.
Qo‘lga olinganlarning barchasi shu vaqtgacha lavozimlaridan bo‘shagandi. Ularning ishdan ketishi sabablari keltirilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar