Xitoyda ilk bor insonga cho‘chqa a’zolari muvaffaqiyatli ko‘chirildi

Xitoylik olimlar dunyoda ilk marta miya o‘limi qayd etilgan insonga cho‘chqadan olingan jigar va buyraklarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirdi.
Guansi tibbiyot universiteti huzuridagi ikkinchi shifoxona shifokorlari rahbarligidagi ilmiy guruh ushbu murakkab operatsiyani 53 yoshli erkakda bajargan. Amaliyotdan so‘ng ko‘chirib o‘tkazilgan a’zolar besh kun davomida me’yoriy tarzda faoliyat ko‘rsatgan. Biroq keyinchalik bemor oilasining iltimosiga binoan tadqiqot to‘xtatilgan.
Shifokorlar ta’kidlashicha, ushbu tajriba cho‘chqaning butun jigarini inson organizmiga ortotopik usulda ko‘chirib o‘tkazish hamda ikki tomonlama buyrak transplantatsiyasini amalga oshirish mumkinligining dastlabki ilmiy isboti hisoblanadi.
Ortotopik transplantatsiya usulida bemorning zararlangan a’zolari to‘liq olib tashlanib, yangi organlar ularning anatomik joyiga o‘rnatilishi nazarda tutiladi.
Olimlar bildirishicha, kelgusida miya o‘limi qayd etilgan bemorlarda ushbu turdagi transplantatsiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar davom ettiriladi.





























Izohlar 0
…