Mo‘g‘ulistonda olingan sirli surat tarixi: qutidagi mo‘g‘ul ayoli surati ortida qanday haqiqat bor?

Mo‘g‘ulistonda olingan va yog‘och quti ichidagi ayol aks etgan mashhur surat fransuz fotografi Stefan Passe tomonidan tasvirga tushirilgan. U Alber Kanning "Sayyora arxivlari" loyihasi doirasida Mo‘g‘ulistonga safar qilgan. Keyinchalik surat "Neshnl Jeografik" jurnalida "Qutidagi mo‘g‘ul mahbusi" mazmunidagi izoh bilan chop etilgan.
Jurnaldagi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol xiyonatda ayblangan va ochlikdan o‘limga mahkum qilingan. Unga oziq-ovqat hamda suv cheklangan miqdorda berilgani, yog‘och quti esa jazolash vositasi sifatida ishlatilgani aytilgan.
Biroq keyingi tadqiqotlar bu talqinni to‘liq tasdiqlamadi. Ayrim manbalarda quti mahbuslarni tashish yoki vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma qamoq vositasi bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Suratdagi ayolning shaxsi, uning nima sababdan qutiga joylangani va keyingi taqdiri hanuz noma’lum. Shu sababli uning xiyonat uchun ochlikdan o‘limga mahkum etilgani haqidagi ma’lumotni aniq fakt sifatida qabul qilish qiyin.
Bugungi xalqaro huquq me’yorlariga ko‘ra, inson qadr-qimmatini poymol qiladigan bunday jazo usullari inson huquqlariga zid hisoblanadi.































Izohlar 0
…