Hazil qimmatga tushdi: it xodimning shimini yechib yubordi (video)

Yo‘l chetida iti bilan sayr qilib ketayotgan bir yigit kutilmaganda kulgili voqea markazida qoldi. Yonidan o‘tayotgan xodim qo‘lidagi o‘yinchoq hayvon bilan ularni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, biroq voqealar u kutgandek rivojlanmagan.
Videoda it o‘yinchoqdan cho‘chish o‘rniga xodim ortidan yugurib ketgani aks etgan. Vaziyat jiddiy tus olganini anglagan xodim qochishga uringan, ammo it uni quvib yetib, shimidan tishlab torta boshlagan. Oqibatda xodimning shimini yechib yuborgan.
Hodisaning yana bir kulgili jihati shundaki, itning yugurayotganini ko‘rgan yo‘lakdagi keksa ayol ham qo‘rqib, voqea joyidan uzoqlashishga harakat qilgan. Ushbu holat ham videokuzatuv tasvirlarida aks etgan.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan hazilning kutilmagan oqibati sifatida qizg‘in muhokama qilinmoqda.






























Izohlar 0
…