Andijonda 1-sinfga kiritib qo‘yish uchun 300 dollar so‘ragan xodim ushlandi

Andijonda 1-sinfga kiritib qo‘yish uchun 300 dollar so‘ragan xodim ushlandi

Andijon viloyatining Asaka tumanida farzandini 1-sinfga joylashtirishni istagan fuqarodan 300 AQSH dollari talab qilgan maktab xodimi tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, IIB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari fuqaro murojaati asosida maxsus tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablaridan birida kadrlar bo‘yicha menejer sifatida faoliyat yurituvchi shaxs xizmat mavqeidan foydalangani aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u mahalliy fuqaroning farzandini 1-sinfga qabul qilib berishni va’da qilib, buning evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida mazkur shaxs pul mablag‘ini qabul qilib olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “g” bandi hamda 28, 211-moddasi (pora berishga undash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar