Niderlandiyada hayvonlarsiz dunyodagi ilk «ferma» ochildi

Niderlandiyada hayvonlarsiz dunyodagi ilk «ferma» ochildi

Niderlandiyada laboratoriya sharoitida go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan dunyodagi ilk ferma faoliyatini boshladi. Bu yerda go‘sht tirik hayvonlardan emas, balki sigir hujayralarini maxsus bioreaktorlarda ko‘paytirish orqali olinadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu usulda yetishtirilgan go‘shtning ta’mi va tuzilishi an’anaviy go‘shtdan deyarli farq qilmaydi. Bundan tashqari, mahsulot tarkibidagi oqsil, yog‘ va uglevod miqdorini ham nazorat qilish mumkin.

Loyihaning asosiy afzalligi shundaki, go‘sht ishlab chiqarish jarayonida hayvonlarni so‘yishga ehtiyoj qolmaydi. Shuningdek, kelajakda bu texnologiya an’anaviy chorvachilikka qaraganda arzonroq bo‘lishi kutilmoqda.

Hozirda ferma sinov rejimida ishlamoqda. Uni 2028 yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar