Kutilgan yangilik sinoptiklar havo qachon salqinlashishini aytdi

O‘zbekistonda uzoq davom etgan kuchli jazirama havo harorati keyingi haftadan boshlab barcha hududlarda bosqichma-bosqich pasayishi kutilmoqda. Bugun kunduzi havo harorati 38–41 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 42–43 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Bu ko‘rsatkichlar iyul oyining oxiri va avgust oyining boshi uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2–4 daraja yuqori hisoblanadi.
O‘zbekistonda bir necha kundan buyon kuzatilayotgan kuchli jazirama qachon pasayishi mumkinligi ma’lum qilindi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda mamlakatning katta qismida issiq ob-havo saqlanib turadi, ammo keyingi haftadan boshlab barcha hududlarda havo harorati bosqichma-bosqich pasayishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘ylab issiq ob-havo hukm suradi. Havo harorati kunduzi 38–41 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 42–43 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Bu ko‘rsatkichlar iyul oyining oxiri va avgust oyining boshi uchun xos bo‘lgan ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 2–4 daraja yuqori hisoblanadi.
Sinoptiklarning ta’kidlashicha, 1–2 avgust kunlari ham respublika hududining asosiy qismida jazirama saqlanib qoladi. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda havo harorati asta-sekin pasayishi boshlanadi.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmayapti. Shu bilan birga, ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, keyingi haftadan boshlab havo haroratining pasayishi mamlakatning barcha hududlarida kuzatiladi. Bu esa uzoq davom etgan kuchli issiqdan keyin nisbatan salqinroq ob-havo shakllanishini anglatadi.
Poytaxt Toshkent shahrida ham kam bulutli ob-havo saqlanadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 iyul — 2 avgust kunlari kunduzi havo harorati 37–40 daraja, kechasi esa 23–26 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilingan. Shamol sharqiy yo‘nalishdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…