Pokiston bosh vaziri AQSH va Eron kelishuvga yaqinligini aytdi
1 daqiqa o'qish158

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha muhim bayonot berdi. Uning aytishicha, tomonlar tinchlik kelishuviga har qachongidan ham yaqinlashgan.
Sharifning ta’kidlashicha, jarayon yaqin 24 soat ichida yakunlanishi mumkin. Kelishuv avval elektron tarzda imzolanishi, keyingi haftada esa texnik darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Pokiston bosh vaziri muzokaralardagi sa’y-harakatlar uchun AQSH va Eronga minnatdorlik bildirdi. U ushbu kelishuv mintaqada uzoq muddatli tinchlikka asos yaratishiga umid bildirdi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…