Yarashuv eng yaxshi qaror bo‘ldi: Zominda oilaviy nizoga nuqta qo‘yildi

Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo'limi ish yurituvidagi aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjati tomonlarning o'zaro yarashuvi va kelishuvga erishgani asosida tugatildi. Ijro jarayonida davlat ijrochisi tomonidan tomonlar bilan bir necha bor muloqotlar o'tkazilib, farzand manfaati, oila muqaddasligi va sog'lom oilaviy muhitning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati tomonlarning o‘zaro yarashuvi va kelishuvga erishgani asosida qonunchilikda belgilangan tartibda tugatildi.
Ijro jarayonida davlat ijrochisi tomonidan tomonlar bilan bir necha bor muloqotlar o‘tkazilib, farzand manfaati, oila muqaddasligi va sog‘lom oilaviy muhitning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, nizoni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal etishning afzalliklari haqida ham tavsiyalar berildi.
Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida tomonlar o‘zaro murosaga kelib, oilaviy munosabatlarni tiklashga qaror qildi. Shundan so‘ng undiruvchi aliment ijro hujjatini tugatish yuzasidan murojaat qildi va mazkur ijro ishi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yakunlandi.
Majburiy ijro byurosi nafaqat sud hujjatlarining o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash, balki imkoniyat mavjud bo‘lgan hollarda oilalarni yarashtirish, farzandlarning mehr-oqibat va totuvlik muhitida tarbiya topishiga xizmat qilishni ham o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirmoqda. Zero, ahil oila — farzand kamoloti va jamiyat barqarorligining mustahkam asosidir.































Izohlar 0
…