Bavariya Gonkongdagi oʻrtoqlik uchrashuvida Aston Villani magʻlub etdi

Myunxenning Bavariya klubi Gonkongdagi Kai Tak Sports Park o'yingohida Aston Villani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Vinsent Kompani shogirdlari safida Min-Jae Kim 37-daqiqada, Luis Diaz esa 73-daqiqada gol urdi, Joao Gomes 83-daqiqada Aston Villaning yagona goliga mualliflik qildi. Manuel Noyer uchrashuv oxirida Tammy Abrahamning xavfli zarbasini qaytarib, Bavariyaning g'alabasini saqlab qoldi.
Myunxenning Bavariya klubi Osiyo boʻylab uyushtirilgan mavsumoldi turnesini gʻalaba bilan yakunladi. Goal.com xabar berishicha, Gonkongdagi Kai Tak Sports Park oʻyingohida kechgan bahsda germaniyaliklar Angliyaning Aston Villa jamoasini 2:1 hisobida taslim etishdi. Mazkur uchrashuv har ikki jamoa uchun ham yangi Yevropa mavsumi oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini oʻtadi va murabbiylarga tarkibdagi muammolarni koʻrib chiqish imkonini berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Vinsent Kompani shogirdlari oʻyin boshidan boshlab toʻp nazoratini oʻz qoʻllariga olib, maydonda ustunlik namoyish etishdi. Bundesliga gigantlari Osiyodagi soʻnggi sinov oʻyinida ancha tetik va oʻtkir harakat qilishdi. Birinchi boʻlim oxiriga kelib, myunxenliklarning faolligi oʻz mevasini berdi va uchrashuvdagi hisob ochildi.
Min-Jae Kim va Luis Diazning gollari
Uchrashuvning 37-daqiqasida janubiy koreyalik himoyachi Min-Jae Kim burchakdan uzatilgan toʻpga baland sakrab bosh bilan aniq zarba berdi. Uning chiroyli kechgan gazi germaniyaliklarni tanaffusga gʻolib sifatida olib chiqdi. Ikkinchi boʻlimda ham oʻyin manzarasi deyarli oʻzgarmadi va Bavariya oʻz ustunligini yana bir gol bilan mustahkamladi.Oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Luis Diaz Kompani taktik sxemasida muhim figura boʻlib borayotganini yana bir bor isbotladi. Sobiq Liverpul vingeri jarima maydonchasi yaqinida boʻsh zona topib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi va jamoasiga qulay ustunlik taqdim etdi.
Manuel Noyerning qahramonligi
Hisob 2:0 boʻlganidan keyin Unai Emeri shogirdlari faollashib, oʻyinga burilish yasashga harakat qilishdi. Oʻyin tugashiga yetti daqiqa qolganida Joao Gomes jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba yoʻllab, Manuel Noyer qoʻriqlayotgan darvozani ishgʻol qildi va farqni qisqartirdi.Gomessning tomonidan kiritilgan goldan soʻng Angliya klubi hujumlarni keskinlashtirib, hisobni tenglashtirishga intildi. Gol urilganidan ikki daqiqa oʻtib Tammy Abraham yaqin masofadan bosh bilan kuchli zarba berdi, biroq faxriy darvozabon Manuel Noyer jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
Shu tariqa, qiyin kechgan daqiqalarga qaramay, Bavariya ustunlikni saqlab qoldi va mavsumoldi oʻyinlardagi ketma-ket uchinchi gʻalabasini tantana qildi. Aston Villa uchun esa ushbu magʻlubiyat soʻnggi olti oʻrtoqlik uchrashuvidagi uchinchi bor yutqazish boʻldi va bosh murabbiy Unai Emeri rasmiy oʻyinlar boshlanguniga qadar jamoa oʻyinini yaxshilash ustida jiddiy ishlashi kerakligini koʻrsatdi.






























Izohlar 0
…