Yaqin Sharqda sensatsiya: Turkiya, Saudiya va Pokiston «Musulmon NATO»sini tuzdi!

Yaqin Sharqda sensatsiya: Turkiya, Saudiya va Pokiston «Musulmon NATO»sini tuzdi!
Qisqacha

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston Makka shahrida uch tomonlama mudofaa shartnomasini imzolab, «Musulmon NATO»si sifatida e'tirof etilayotgan alyansga asos soldi. «Makka bitimi»ga ko'ra, uch davlatdan biriga qilingan har qanday qurolli hujum uchala mamlakatga ham hujum sifatida baholanadi.

Foto: «Yeni Safak»

Yaqin Sharq va Osiyo geosiyosatida tarixiy burgilish sodir bo‘ldi. Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston uch tomonlama mudofaa shartnomasini imzolab, «Musulmon NATO»si sifatida e’tirof etilayotgan yangi harbiy alyansga asos soldilar.

«Yeni Şafak» agentligi xabariga ko‘ra, muqaddas Makka shahrida imzolangani sababli rasman «Makka bitimi» deb nomlangan ushbu kelishuvning asosiy va eng muhim bandi — jamoaviy mudofaa to‘g‘risidagi moddadir.

«Birimizga hujum — hammamizga hujum»: Jamoaviy mudofaa tizimi

Hujjatning eng e’tiborli jihati NATOning 5-moddasiga o‘xshash tamoyilni o‘z ichiga olganidadir: uch davlatdan biriga nisbatan qilingan har qanday qurolli hujum uchala mamlakatga ham hujum sifatida baholanadi.

Ushbu tarixiy bitim mintaqadagi tajovuzkorlikni jamoaviy tarzda jilovlash va uch tomon o‘rtasidagi mudofaa, harbiy hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishni maqsad qilgan. Loyiha deyarli bir yil davomida puxta tayyorlanib, Pokiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 2025 yilda tuzilgan ikki tomonlama bitimning mantiqiy kengaytmasiga aylandi.

Nega aynan hozir? Alyans tuzilishiga nima sabab bo‘ldi?

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, uch davlatning bu qadamni tashlashiga mintaqada ortib borayotgan beqarorlik, Eronning geosiyosiy roli va Isroilning tobora tajovuzkorlashayotgan pozitsiyasi turtki bo‘lgan.

Ayniqsa, so‘nggi nizolar chog‘ida to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumlarga nishon bo‘lgan Saudiya Arabistoni o‘z neft infratuzilmasi va strategik rivojlanish rejalariga jiddiy tahdid ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Er-Riyod AQSH tomonidan beriladigan xavfsizlik kafolatlarining ishonchliligiga shubha bilan qaray boshlagan.

Uch kuchning mukammal uyg‘unligi: Moliya, yadro va texnologiya!

Harbiy ekspertlar «Makka kelishuvi»ni bir-birini mukammal to‘ldiruvchi misli ko‘rilmagan alyans sifatida baholamoqdalar:

  • Saudiya Arabistoni — ulkan moliyaviy resurslar va kapital;

  • Pokiston — yadroviy salohiyat va ko‘p sonli, tajribali harbiy armiya;

  • Turkiya — NATOdagi boy harbiy tajriba va yuqori darajada rivojlangan mudofaa sanoati (dronlar, zamonviy qurol-aslahalar).

Geosiyosiy arxitekturaning yangi davri

Mutaxassislarning fikricha, ushbu kelishuv Yaqin Sharqdagi global xavfsizlik tizimini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ammo, hujjatning rasmiy matni to‘liq e’lon qilingunga qadar yuridik majburiyatlarning aniq ko‘lami ochiqligicha qolmoqda.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar