Kasperskiy: O‘zbekiston davlat idoralari xitoylik xakerlar hujumiga uchragani aytilmoqda

Kaspersky mutaxassislariga ko'ra, xitoy tilida so'zlashuvchi kiberjinoyatchilar 2025 yildan buyon O'zbekiston davlat idoralariga va boshqa davlatlar muassasalariga hujum qilib kelmoqda. Hujumlar hukumat muassasalari, vazirliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimlariga qaratilgan.
Kaspersky mutaxassislari xabariga ko‘ra, xitoy tilida so‘zlashuvchi kiberjinoyatchilar 2025 yildan buyon O‘zbekiston va yana bir qator davlatlarning davlat idoralariga qarshi kiberhujumlar uyushtirib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar hukumat muassasalari bilan bir qatorda vazirliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari faoliyatiga ham qaratilgan.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, hujumchilar OctLurk va SilkLurk nomli zararli dasturlardan foydalangan. Ushbu dasturlar orqali foydalanuvchilarning parollarini qo‘lga kiritish, elektron pochta va fayllarga kirish, ekran tasvirlarini olish hamda zararlangan qurilmalarni masofadan boshqarish imkoniyati yaratilgan.
Hozircha mazkur kiberhujumlar ortida aynan qaysi xakerlik guruhi turgani rasman tasdiqlanmagan. Shu bilan birga, mutaxassislar davlat tashkilotlari va yirik muassasalarga axborot xavfsizligi choralarini kuchaytirish hamda shubhali fayl va havolalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya etmoqda.






























Izohlar 0
…