4 litr gazli ichimlikni 30 soniyada ichib rekord o‘rnatdi (video)

Turli ovqat va ichimliklarni rekord darajada iste’mol qilishi bilan tanilgan amerikalik YouTube blogeri va reper Erik Buker yana bir noodatiy natijasi bilan Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.
Bu safar u atigi 29,64 soniya ichida 4 litr gazlangan ichimlikni ichishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Erik Buker ushbu turdagi ichimlikni eng qisqa vaqt ichida iste’mol qilgan inson sifatida yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Rekord jarayoni mutaxassislar nazorati ostida qayd etilgan. Natija tasdiqlangach, Erik Bukerga Ginnes rekordi sertifikati topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda rekord aks etgan video qisqa fursatda keng tarqaldi. Ayrim foydalanuvchilar uning tezligidan hayratga tushgan bo‘lsa, boshqalar bunday rekordni uy sharoitida takrorlash sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Erik Buker avval ham ovqat yeyish va ichimlik iste’mol qilish bo‘yicha bir qator noodatiy rekordlarni o‘rnatgan bo‘lib, bu safargi natijasi uning eng e’tiborli yutuqlaridan biri sifatida qayd etildi.






























Izohlar 0
…