Sergelida 138 tup taqiqlangan o‘simlik musodara qilindi

Sergeli tumanida giyohvand modda saqlovchi o‘simliklarni noqonuniy yetishtirish bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tadbirlari doirasida o‘tkazgan tekshiruvda 138 tup taqiqlangan narkotik o‘simlikni topgan.
Olib qo‘yilgan o‘simliklar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan va Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markaziga yuborilgan.
Holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Tekshiruv natijasiga qarab, tegishli huquqiy baho beriladi.
Mas’ul idoralar narkotik vositalarning noqonuniy aylanmasini aniqlash va unga chek qo‘yish bo‘yicha reydlar davom etayotganini ma’lum qilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…