Peres davrida «Real Madrid»da eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiylar

Florentino Peres prezidentligi davrida «Real Madrid»ni boshqargan murabbiylarning g‘alaba foizi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. Unda birinchi o‘rin Manuel Pellegriniga tegishli bo‘ldi.
Pellegrini «Real»dagi o‘yinlarining 75 foizida g‘alaba qozongan. Joze Mourinyu 72 foizlik natija bilan ikkinchi o‘rinda. Karlo Anchelotti esa 71 foiz ko‘rsatkich bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
Xabi Alonso 70,6 foiz natija qayd etgan. Zinedin Zidanning g‘alaba ko‘rsatkichi 65,8 foiz sifatida berilgan.
Qizig‘i, Zidan ro‘yxatda beshinchi bo‘lsa ham, u «Real Madrid» bilan Chempionlar ligasida ketma-ket uch marta g‘olib chiqqan murabbiy sifatida alohida o‘ringa ega.
Peres davridagi murabbiylar g‘alaba foizi:
• Manuel Pellegrini — 75 foiz
• Joze Mourinyu — 72 foiz
• Karlo Anchelotti — 71 foiz
• Xabi Alonso — 70,6 foiz
• Zinedin Zidan — 65,8 foiz































Izohlar 0
…