Erling Xolandning qiz qiyofadoshlari tarmoqlarda mashhur bo‘lmoqda!

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Erling Xolandga o‘xshatilayotgan qizlar haqidagi postlar ko‘paydi. Norvegiyalik hujumchining qiyofadoshlari orasida ayollar ham borligi foydalanuvchilar o‘rtasida muhokama qilinmoqda.
Ulardan biri Emma Willman ismli qiz. Uning videolari ostida ko‘plab foydalanuvchilar tashqi ko‘rinishi Erling Xolandni eslatishini yozmoqda. Izohlarda bu o‘xshashlik haqida hazillar ham, jiddiy fikrlar ham uchraydi.
Aytilishicha, Xolandning o‘zi ham bunday o‘xshatishlarga befarq emas. Futbolchi qiyofadoshlari haqidagi chiqishlarni ko‘rib, o‘z munosabatini bildirgan holatlar ham kuzatilgan.

Yana bir qiyofadosh sifatida rossiyalik 24 yoshli model tilga olinmoqda. U Xolandga taqlid qilingan videolarni sahifasiga joylaydi. Shu roliklardan biri bir kunda 50 milliondan ortiq ko‘rish to‘plagani aytilmoqda.
Bunday videolar futbol muxlislari orasida ham, oddiy foydalanuvchilar orasida ham tez tarqalmoqda. Erling Xolandning o‘ziga xos tashqi qiyofasi esa bu mavzudagi hazil va taqqoslashlar uchun yana bir sabab bo‘lyapti.































Izohlar 0
…