Parvoz vaqtida oyna sinib: yo‘lovchi tashqariga chiqib ketdi

1 daqiqa o'qish15.6K
Parvoz vaqtida oyna sinib: yo‘lovchi tashqariga chiqib ketdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Gretsiyadan Germaniyaga uchayotgan Ryanair aviakompaniyasining Boeing 737 samolyotida oynaning shikastlanishi oqibatida salon bosimi keskin pasayib, bir yo‘lovchi qisman tashqariga tortilib ketdi.
  • Hodisa 10 iyul kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, boshqa yo‘lovchilar Serbiya fuqarosi bo‘lgan jabrlanuvchini ushlab qolib ichkariga tortib kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Gretsiyadan Germaniyaga yo‘l olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyotida xavfli hodisa sodir bo‘ldi. Parvoz boshlanganidan ko‘p o‘tmay samolyot oynasi shikastlanib, salondagi bosim keskin pasaygan. Buning oqibatida bir yo‘lovchi qisman samolyot tashqarisiga tortilib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea 10 iyul kuni Saloniki shahridan Germaniyaning Memmingen aeroportiga parvoz qilayotgan Boeing 737 samolyotida yuz bergan. Hodisa ortidan ekipaj zudlik bilan samolyotni orqaga burib, Saloniki aeroportiga favqulodda qo‘ndirishga qaror qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlangan yo‘lovchi Serbiya fuqarosi bo‘lgan. U zudlik bilan Salonikidagi AHEPA universitet shifoxonasiga yetkazilgan. Rasmiylar uning hayotiga xavf yo‘qligini, shifokorlar jarohatlar darajasini baholayotganini ma’lum qildi.

Serbiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bosim pasayishi vaqtida yo‘lovchining boshi va yelkalari samolyot tashqarisiga chiqib ketgan. Salondagi boshqa yo‘lovchilar uni ushlab qolib, samolyot ichiga tortib kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Ryanair hodisa sababli samolyot Salonikiga xavfsiz qo‘nganini, barcha yo‘lovchilar aeroport terminaliga qaytarilganini ma’lum qildi. Kompaniya oyna qanday sharoitda shikastlanganiga hozircha aniq izoh bermagan.

Ayni paytda Boeing kompaniyasi va AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) hodisa yuzasidan olib borilayotgan tekshiruvda ishtirok etmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, parvoz boshida dvigatel qismidagi detallardan biri uzilib chiqib, samolyot oynasiga tekkan bo‘lishi mumkin. Bu esa salonda bosimning keskin pasayishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tish joiz, 2018 yilda ham Boeing 737 NG samolyotida shunga o‘xshash fojiali hodisa sodir bo‘lgan edi. O‘shanda shikastlangan oyna tufayli bir yo‘lovchi samolyot tashqarisiga tortilib ketib, halok bo‘lgan. Mazkur voqeadan keyin aviatsiya xavfsizligi talablari yanada kuchaytirilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?