Yaponiya imperatori xonadoni malika Mako Akisino unashtirilayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Hilol.uz ashri. U imperator Akixitoning to‘ng‘ich o‘g‘li Akisinoning qizidir.
25 yoshli malika yuridik firmasining xodimi Key Komuroga turmushga chiqyapti. Ular besh yil muqaddam, universitetda o‘qib yurgan paytda tanishishgan.
Bo‘lg‘usi kuyov aslzodalar oilasidan bo‘lmagani tufayli to‘ydan keyin Mako Akisino malikalik unvonidan mahrum bo‘ladi.
Qonunlarga muvofiq unga davlat tomonidan bir martalik to‘lov to‘lanadi. To‘lov miqdorini esa Bosh vazir ishtirokidagi davlat kengashi hal qiladi.
2005 yilda imperator Akixitoning qizi Sayako Kuroda oddiy odamga turmushga chiqqanida, 150 million iena (1,3 million dollar) olgan edi.
2014 yilda esa imperatorning jiyani – malika Noriko Senge ham oddiy oilaga kelin bo‘ldi va 100 million iena (870 ming dollar) oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi