AQSHda dahshatli oilaviy fojia: erkak rafiqasi va olti farzandini otib o‘ldirdi

AQSHda dahshatli oilaviy fojia: erkak rafiqasi va olti farzandini otib o‘ldirdi

AQSHning Michigan shtati, Grand-Heyven shahrida dahshatli oilaviy fojia yuz berdi. Bir xonadonda sakkiz nafar oila a’zosining jasadi topildi.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 47 yoshli Kristofer Karolkevich oilaviy kelishmovchilik va rashk sabab 39 yoshli turmush o‘rtog‘i Amanda hamda yoshi 5 dan 15 yoshgacha bo‘lgan olti nafar farzandini o‘qotar qurol bilan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, gumondor jinoyat izlarini yo‘qotishga uringan. U uyning bir necha qismiga o‘t qo‘ygan, keyin esa o‘z joniga qasd qilgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, marhuma Amanda avvalroq turmush o‘rtog‘ining xiyonatiga qaramay, oilani saqlab qolishga harakat qilgan. U bu haqdagi kechinmalarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham ulashgan.

Hozirda hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Fojianing barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar