Fuqaroga qo‘pol muomala qilgan Kosondagi amaldorga xizmat tekshiruvi boshlandi

Fuqaroga qo‘pol muomala qilgan Kosondagi amaldorga xizmat tekshiruvi boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qashqadaryo viloyati Koson tumani bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ochilovning fuqaro bilan tortishuv chog‘ida qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 28 iyul kuni fuqarodan ko‘cha qismiga to‘kilgan qumni olib tashlash talab qilingan paytda sodir bo‘lgan. Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan bahs davomida mansabdor shaxs tomonidan odob-axloq me’yorlariga zid bo‘lgan qo‘pol so‘zlar ishlatilgani aytilmoqda.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, davlat xizmatchisi har qanday vaziyatda fuqarolar bilan muomala madaniyatiga rioya qilishi shartligini ta’kidladi. Shuningdek, bunday xatti-harakatlar qat’iyan qoralangani qayd etildi.

Hozirda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, amaldorning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar