Yer mukammal shar shaklida emas: NASA Yerning haqiqiy shaklini namoyish etdi

NASA 15 yil davomida to'plangan ma'lumotlar asosida Yerning yangi geoid modelini taqdim etdi. Model sayyoramizning gravitatsiya maydonidagi farqlarni turli balandlik va pastliklar orqali aks ettiradi. Yer ichidagi massalar bir xil taqsimlanmagani sabab ayrim hududlarda tortishish kuchi kuchliroq, boshqa joylarda esa nisbatan zaifroq bo'ladi.
NASA 15 yil davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida Yerning yangi geoid modelini taqdim etdi. Unda sayyoramizning tortishish maydonidagi farqlar turli balandlik va pastliklar orqali ifodalangan.
Olimlarga ko‘ra, Yer mukammal shar shaklida emas. Uning ichidagi massalar bir xil taqsimlanmagani sabab ayrim hududlarda tortishish kuchi kuchliroq, boshqa joylarda esa nisbatan zaifroq bo‘ladi.
Shu bois model tashqi ko‘rinishidan kartoshkani eslatishi mumkin. Biroq tasvirdagi notekisliklar tushunarli bo‘lishi uchun qariyb 10 ming marta kattalashtirib ko‘rsatilgan.
Aslida bu farqlar juda kichik bo‘lib, ularni oddiy ko‘z bilan deyarli payqab bo‘lmaydi. Model Yerning tashqi qiyofasidan ko‘ra, uning gravitatsiya maydonini aks ettiradi.































Izohlar 0
…