“O‘rgmchak odam” filmi syujeti oldindan aytilgani uchun tomoshabinlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Argentina kinoteatrlaridan birida “O‘rgimchak odam” filmi namoyishi tomoshabinlardan birining voqealarni oldindan aytib berishi ortidan to‘xtatildi. Filmni avval ko‘rgan yigit qahramonlar taqdiri va syujet rivojini yonidagi qizga baland ovozda tushuntirgan. Boshqa tomoshabinlarning e'tirozidan so‘ng boshlangan og‘zaki tortishuv ommaviy mushtlashuvga aylangan. Tartibsizlik sabab premeraga kelganlar filmni oxirigacha ko‘ra olmagan.
Argentina kinoteatrlaridan birida "O‘rgimchak odam" filmi premerasi kutilmagan janjal bilan yakunlandi. Seans paytida bir yigit film voqealarini oldindan aytib, atrofdagilarga xalaqit bera boshlagan.
U kartinani avval ko‘rgani uchun yonidagi qizga qahramonlar taqdiri va syujet rivojini baland ovozda tushuntirgan. Bu holat boshqa tomoshabinlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Zalda o‘tirganlar yigitdan sukut saqlashni va filmdagi kutilmagan voqealarni oshkor qilmaslikni talab qilgan. Dastlab og‘zaki tortishuv sifatida boshlangan bahs tez orada ommaviy mushtlashuvga aylangan.
Vaziyat nazoratdan chiqqach, film namoyishi to‘xtatilgan. Zalda tartibsizlik yuzaga kelib, premeraga kelgan tomoshabinlar seansni oxirigacha ko‘ra olmagan.































Izohlar 0
…