Go‘sht yemaydigan vegetarian mushuk tarmoqlarda barchani qiziqtirib qo‘ydi

Turkiyada yashaydigan Bulut ismli mushuk umuman go'sht yemay, pishloq, zaytun va yogurtni xush ko'rishi bilan e'tibor qozondi. U narxi 20 ming dollardan oshadigan kabutarlar galasi bilan birga yashaydi va qushlarga hujum qilmaydi. Bulut uchib ketgan kabutarlarni qafas tomon qaytarishga yordam berib, ularni qo'riqlaydi. Ularning munosabati aks etgan videolar internetda keng tarqaldi.
Turkiyada yashaydigan Bulut laqabli mushuk g‘ayrioddiy odatlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. Egasining aytishicha, u umuman go‘sht yemaydi va pishloq, zaytun hamda yogurtni xush ko‘radi.
Bulut narxi 20 ming dollardan oshadigan kabutarlar galasi bilan birga yashaydi. U qushlarga hujum qilmaydi va ularga zarar yetkazmaydi.
Mushukning eng qiziq odatlaridan biri kabutarlarni qo‘riqlashidir. Agar qushlar uchib tashqariga chiqib ketsa, Bulut ularni yana qafas tomon qaytarishga yordam beradi.
Mushuk va kabutarlar o‘rtasidagi bunday munosabat aks etgan videolar internetda keng tarqaldi. Kuzatuvchilar Bulutning ovqatlanish odatlari va qushlarga nisbatan munosabatini qiziqish bilan muhokama qilmoqda.































Izohlar 0
…